Olimlar laboratoriya sichqonlari bilan tajriba o'tkazishdi. To'rt haftalik paytida kemiruvchilar ikki guruhga bo'lindi. Birinchi guruh atrof-muhit havosida kislorod miqdori 21 foiz bo'lgan normal sharoitda yashadi. Ikkinchisi kislorod darajasi 11 foizga tushirilgan kameraga joylashtirildi. Ikkala guruhga ham yetarli miqdorda suv va oziq-ovqat berildi.

Birinchi guruhdagi sichqonlar o'rtacha 15,7 hafta, ikkinchi guruh 23,6 hafta (ya'ni deyarli 50 foiz ko'proq) yashadi.

Boshqa tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kislorod tanqisligi xamirturush, qurtlar va chivinlar umrini uzaytiradi. Olimlarning fikricha, bunday sharoitda hujayralar oksidlovchi stress oqibatida kamroq shikastlanadi. Bundan tashqari, kislorod yetishmasligi hujayralarni qayta tiklash jarayonini faollashtirishi, organizmdagi neyrodegeneratsiya va yallig'lanish darajasini pasaytirishi mumkin.

Olimlar boshqa hayvonlar turlari bo'yicha tadqiqotlarni davom ettirish niyatida. Ammo kislorod tanqisligining inson organizmiga ta'siri haqida xulosa chiqarishga hali erta, deyiladi mir24.tv saytida.