Ularning tadqiqot natijalari British Journal of Sports Medicine jurnalida e'lon qilindi.

Antidepressantlar va psixoterapevt tavsiyasi asosidagi terapiya depressiya belgilari bilan kurashishning asosiy usullaridir. Sport ko'pincha ushbu ro'yxatga qo'shiladi, ammo terapiyaning asosiy usullaridan biri sifatida emas, tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bu noto'g'ri.

Olimlar depressiyaga yo'liqqan 130 mingdan ortiq odam haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan yuzga yaqin tadqiqotning meta-tahlilini o'tkazishdi. Ma'lum bo'lishicha, bir necha hafta davomida jismoniy faollik depressiya va tashvish alomatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

Ta'kidlanishicha, mashg'ulotlar antidepressantlar va mutaxassis bilan maslahatlashishdan ko'ra bir yarim baravar samaraliroq bo'lgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, ularning tadqiqot natijalari depressiyani davolash strategiyalarini qayta ko'rib chiqish muhimligini ko'rsatadi, deyiladi ufatime.ru saytida.