Sidney universiteti olimlarining ta'kidlashicha, bunday faoliyat turlariga ovqat pishirish, idish-tovoq yuvish va uyni tozalash kabi turli yumushlarni kiritish mumkin.

Tadqiqotda 22 ming kishining kundalik jismoniy faolligi o'rganildi. Tadqiqot yetti yil davomida o'tkazildi. Shu vaqt ichida olimlar bemorlarning sog'lig'i holatiga oid ma'lumotlarni to'plashdi va 2000 dan ortiq odamda saratonning har xil turlari aniqlandi.

Olib borilgan tadqiqot yuqori jismoniy faollik saratonning har qanday turining rivojlanish xavfini 18 foizga, faollik yetishmovchiligi bilan bevosita bog'liq bo'lgan mazkur kasallik turlarida esa hatto 32 foizga kamaytirishini ko'rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.