Olimlar chekishni tashlash turli xil saraton turlarini rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytirishi mumkinligini aniqlashdi.

“Tahlil shuni ko'rsatdiki, chekishni tashlagan odamlarda saraton kasalligiga chalinish xavfi chekishni davom ettirganlarga nisbatan 17 foizga kam bo'lgan. Chekish ancha vaqtdan beri o'pka, oshqozon, yo'g'on ichak, jigar, oshqozon osti bezi va buyrak saratoni kabi uning bir necha turlari uchun asosiy xavf omili sifatida tan olingan. Uning rivojlanish xavfi sigareta tutuni tarkibidagi zararli toksinlar bilan bog'liq bo'lib, bu immunitet tizimining saraton hujayralariga qarshi samarali kurashish qobiliyatini susaytirishi mumkin”, deydi mutaxassislar.

Tadqiqotda 30 va undan katta yoshdagi koreyaliklar ishtirok etdi. Ular 2002-yildan boshlab 2019-yilgacha bo'lgan kuzatuv asosida ketma-ket ikki marta tibbiy ko'rikdan o'tishdi. O'rtacha 13,4 yillik kuzatuv davrida uch millionga yaqin ishtirokchi orasida 197 000 nafar ishtirokchida saraton kasalligi aniqlangan, deb xabar beradi korrespondent.net.