Molibden/mis sulfidi katalizatori quyosh fotonlarini yutadi, bu esa elektronlarni siljitish imkonini beradi. Chiqarilgan elektronlar suv bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada kislorodning halokatli shakllari bo'lgan vodorod periksi va gidroksil radikallari hosil bo'ladi. Ushbu birikmalar bakteriyalarga ta'sir qiladi, ularning hujayra membranalariga jiddiy zarar yetkazadi va shu bilan ularni bartaraf etadi.

Tajriba sifatida Stenford jamoasi millionlab bakteriyalar bilan ifloslangan 200 millilitrli stakandagi suvdan foydalandi. Kukun suvga qo'shilganda, barcha patogen mikroorganizmlar 60 soniya ichida yo'q qilindi va quyosh nurida hosil bo'lgan qo'shimcha mahsulotlar tezda tarqaldi.

Tadqiqotchilar ixtiro suv orqali yuqadigan boshqa patogenlar, jumladan, jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin bo'lgan viruslar va parazitlarga qanday ta'sir qilishini sinab ko'rishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.