Mazkur universitetning yetakchi tadqiqotchisi Tags Beyser va uning hamkasblari Illinoys havzasidagi tashlandiq neft qudugʻini geotermal batareyaga aylantirdi. Buning uchun ular taxminan 915 metr chuqurlikdagi gʻovakli qumtosh qatlamidan ajoyib tabiiy issiqlik izolyatori boʻlgan, 50 daraja haroratgachaga boʻlgan suvni tortib olishdi.

Tajriba kutilganidan ham yaxshi samara berdi: tabiiy geotermal batareya qabul qilingan issiqlikni uzoq vaqt davomida 82 foiz (41 daraja ) darajasida ushlab turdi. Bundan tashqari, hisob-kitoblar bu texnologiya kelajakda foyda keltirishi mumkinligini koʻrsatdi. Bu tarzda saqlanadigan 1 kVt soat energiya narxi atigi 0,138 dollar hisoblanadi, deyiladi techcult.ru saytida.