Olimpiya shaharchasiga press-tur tashkil etildi — foto

    11 noyabr kuni IV yozgi Osiyo o‘yinlari va V yozgi Para Osiyo o‘yinlarining o‘tkazilishi uchun mo‘ljallangan “Olimpiya shaharchasi” bo‘ylab press-tur tashkil etildi

    Mazkur press-turda OAV vakillari 7 ta obyektdagi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 9 noyabr kuni "Olimpiya shaharchasi" qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Uning maydoni 100 gektar bo‘lib, 10 ming o‘rinli yengil atletika va futbol stadioni, 6 ta yopiq va 7 ta ochiq sport inshootlari, suv sporti saroyi, velotrek, yakkakurash, jamoaviy sport majmualari barpo etiladi.

    Loyiha dunyoning 70 ta mamlakatida sport inshootlari qurgan Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ushbu hudud yaqinida yana bir shahar – Yangi Toshkent qurilishi rejalashtirilgan.