Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “Navoiuran” davlat korxonasining 65 yilligi munosabati bilan “Uchquduq” madaniyat saroyida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirga Uchquduq tuman hokimligi, “Navoiuran” davlat korxonasi va “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni rahbariyati, ishchi-xodimlar, tizimda uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.
Bayram tadbiri avvalida “Navoiuran” davlat korxonasi bosh direktori uchquduqliklarga yoʻllagan bayram tabrigini korxona bosh direktorining oʻrinbosari A.Oltinov oʻqib eshittirdi.
Shodiyona davomida “Uchquduq” ishlab chiqarish maydonining bir guruh ishchi-xodimlariga “Navoiuran Faxriysi” unvoni, “Konchilik shuhrati” koʻkrak nishoni, faxriy yorliq va tashakkurnomalar topshirildi.
Bayram tadbiri “Uchquduq” madaniyat saroyi badiiy jamoalari hamda xonandalarining kuy-qoʻshiq va raqslari bilan davom etdi.