2021-yil 1-yanvardan olis hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlashga kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga BHMning 50 baravarida (11 mln 150 ming soʻm) bir martalik boshlangʻich yordam puli va ijarada turganlik uchun BHMning 2 baravarida (446 ming soʻm) har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.

2022/2023 oʻquv yiligacha barcha umumtaʼlim muassasalarida “Elektron kundalik” dasturi joriy qilinadi.

▪️2021-yil 1-yanvardan har bir umumtaʼlim muassasasida Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi joriy etiladi.

▪️2021/2022 oʻquv yilidan professional taʼlim muassasalarida dual taʼlim tizimin joriy etiladi.

▪️2021-yil 1-sentyabrgacha har bir hududda nodavlat, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy taʼlim tashkiloti tashkil etiladi.