Muloqot davomida so'nggi yillarda ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilgani ta'kidlandi. O'zbekiston va AQSh parlamentlararo aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirish, tajriba almashish masalalari muhokama etildi.

Tomonlar O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish muhim ekaniga urg'u berishdi. 

Xususan, mintaqalararo munosabatlar, iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, ayollarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, gender tenglikni ta'minlash, korruptsiyaga qarshi kurashishda va qonun ijodkorligi faoliyatida o'zaro tajriba almashish masalalari ko'rildi.   


Ta'kidlangandek O'zbekiston va AQSh parlamentlari a'zolari o'rtasida ikki tomonlama muloqot tobora faollashib bormoqda. AQSh Kongressining “Ochiq dunyo” dasturi doirasida Oliy Majlis palatalari delegatsiyalarining AQShga va Kongress vakillari esa bizning mamlakatimizga xizmat safarlariga kelishgan.

Bu boradagi ishlarni davom qilish maqsadida dunyodagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so'ng, “Ochiq dunyo” dasturi doirasida Oliy Majlis vakillarining AQShga tanishuv safarlarini tashkil qilish yuzasidan fikr amlashildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o'zaro hamkorlikning boshqa masalalarini ham muhokama qildilar.

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati