Ushbu forum zamonaviy dunyodagi ayollarning rolini muhokama qilish va global muammolarni hal etishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun yetakchi ayollarni birlashtiradigan eng yirik xalqaro maydon hisoblanadi.

Delegatsiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlishi davomida Rossiya Federatsiyasi parlamenti, shuningdek, xalqaro tuzilmalar va tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, delegatsiyaning “Xotin-qizlarning tinchlik va ishonch diplomatiyasini rivojlantirishdagi missiyasi” parlamentlararo muloqotning yalpi majlisida ishtirok etishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.