Joriy yilning 15-may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 2004-y.t. haydovchi S.X. boshqaruvidagi Damas avtomashinasida shaharning 21-maktab qarshisidagi piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan 14 yoshli ikki nafar oʻquvchi qizni urib yuborib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgani haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 24-may kuni YTH ishtirokchilaridan biri, 2009-y.t. M.Y. (maktab oʻquvchisi) olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shifoxonada vafot etdi.
Toshkent viloyati IIBB jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, hamdardlik bildiradi. Eslatib oʻtamiz, mazkur YTHga haydovchi svetoforning qizil chirogʻida harakatlangani sabab boʻlgan edi.