Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Shu yilning 5-avgust kuni taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor va Shayxontohur tumanlarining quyidagi hududlariga soat 10:00 dan 17:30 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Olmazor tumani Aholi isteʼmolchilari: “Xastimom” MFYdagi 197 ta yerli xonadon Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

Shayxontohur tumani Aholi isteʼmolchilari: “Gulbozor” MFYdagi 85 ta yerli xonadon, 65 ta kottej, 3 ta koʻp qavatli uylardagi 244 ta xonadon Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi, — deyiladi xabarda.