Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov “Kinochilar uyi” kinoteatrida “Oltin Humo” milliy kinotaqdimotiga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilishni oʻtkazdi.

Unda agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar vakillar ishtirok etishdi. Yigʻilishda tadbirga tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori saviyada oʻtkazish, tadbirning moliyaviy va texnik yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro tashkiliy masalalar kelishib olindi. Tegishli masʼullarning hisobotlari tinglandi va ularga topshiriqlar berildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 28-dekabr kuni “Kinochilar uyi” kinoteatrida Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti oʻtkaziladi.

Ayni paytda marosimni koʻtarinki kayfiyatda va yuqori saviyada oʻtkazish uchun jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati