2023-yil yanvar-iyunda mineral xomashyo bazasini rivojlantirish davlat dasturi doirasida 293 geologik loyiha boʻyicha geologiya-qidiruv ishlariga yillik rejaga nisbatan 53 foiz byudjet, hamda 42 foiz maxsus hisobdagi mablagʻlar oʻzlashtirildi. Davlat dasturi doirasida yillik rejaga nisbatan 47 foiz burgʻilash ishlari, yer usti togʻ-kon ishlari 51 foiz, yer osti togʻ-kon ishlari (lahmlar, shurflar) 46 foiz, seysmik qidiruv 56 foiz va 3D seysmik qidiruv ish hajmlari 55 foiz koʻrsatkich bilan amalga oshirildi.
Prognoz resurslar boʻyicha oltin – yillik rejaga koʻra 46 foiz, kumush – 43 foiz, mis – 55 foiz, uran – 44 foiz, qoʻrgʻoshin – 52 foiz, rux – 51 foiz, volfram – 54 foiz, uglevodorod – 62 foizga oʻstirildi. Neft va gazga 61 foizlik yangi istiqbolli maydon ajratildi.