Ayni paytda qurilmani taʼmirlash uchun zarur boʻlgan barcha moddiy-texnik resurslar va extiyot qismlar tayyor holatga keltirilgan. Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad qurilmani barqaror, ishonchli ishlashini va belgilangan reja koʻrsatgichlarini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashdan iborat, deya xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun: Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani hududida joylashgan boʻlib, 1980-yilda ishga tushirilgan. Elementar oltingugurt olish sexining oltingugurt mahsuloti ishlab chiqarish qurilmasi 1996-yil ishga tushirilgan boʻlib, Nordon gazdan oltingugurt mahsuloti ishlab chiqarishga moʻljallangan. Qurilma yiliga 14,0 ming tonna oltingugurt mahsulotini ishlab chiqarish quvvatiga ega.