Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi fuqarodan uy-joyga egalik huquqini olish boʻyicha murojaat kelib tushgan edi. Murojaatchining yozishicha, unga 2003-yilda uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratilgan boʻlsada, u yerga qurilgan uy-joylarga tuman arxitektura, kadastr va hokimlik tomonidan sansolarlik qilinib 17 yildan beri egalik huquqi berilmasdan kelingan.

Ombudsman nazoratiga olingan mazkur ish boʻyicha hujjatlar oʻrganilib, tuman hokimligiga murojaat qilindi. Natijada 2021-yilning fevral kuni mazkur turar-joy binosi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini berish va turar joy binosiga nisbatan mulk huquqni eʼtirof qilish boʻyicha tuman hokimining qarori qabul qilingan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha

vakili (ombudsman) matbuot xizmati