Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova maʼlum qildi:
28-iyun – Qurbon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan soat tonggi 05:00 dan 06:20 gacha 2 058 ta masjidda hayit namozlari oʻqiladi va taxminan 2 mln 200 ming nafardan ortiq fuqaro qatnashishi kutilmoqda.
Jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida hududlarda 3 318 nafar zahira kuchlari tashkil etilgan.
Shuningdek, masjidlar atrofidagi yoʻllarda transport vositalari harakatini vaqtincha cheklanib, 150 metr uzoqlikda alohida avtoturargohlar tashkil etiladi.









