Uning aytishicha, xavf omillari, shuningdek, ortiqcha vazn, chekish, spirtli ichimliklar va qizil go'shtni iste'mol qilishni o'z ichiga oladi.

“Ma'lum bir xavf omillari mavjud bo'lib, masalan, semirib ketish, u yo'g'on ichak saratoni va oshqozon osti bezi saratoni rivojlanish ehtimolini oshiradi. Bundan tashqari, chekish, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, qizil go'shtni iste'mol qilish ham ana shunday omillardan sanaladi. Shuningdek, oziq-ovqat qo'shimchalarni nazoratsiz iste'mol qilish saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkinligi borasidagi ma'lumotlar paydo bo'ldi, biz ushbu ma'lumotlarni tahlil qilishimiz kerak”, dedi Kaprin.

Uning ta'kidlashicha, onkologik kasallikni erta bosqichda davolash ancha oson, shuning uchun shifokor bilan maslahatlashish va bepul tibbiy ko'rikdan o'tish imkoniyatini e'tiborsiz qoldirmaslik kerak, deyiladi ria.ru saytida.