Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi fuqaro N.J. ariza bilan murojaat qildi.

Maʼlum qilishicha, telegram messenjerida nabirasining operatsiyasiga yordam soʻrab “Muhtoj insonlarga yordam” guruhida bank kartasi va telefon raqamlarini joylashtirganligini maʼlum qilgan.

Shundan soʻng nomaʼlum shaxs fuqaro N.J.ga qoʻngʻiroq qilib katta miqdorda pul mablagʻlarini oʻtkazib berishni vaʼda qilib, uning ishonchiga kirib telefon raqamiga kelgan SMS-xabarnomani qoʻlga kiritib, jami 6.300.000 soʻm pullarini oʻzlashtirganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirgan shaxs muqaddam JK 168-moddasi bilan bir necha marotaba sudlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida yashovchi 2004-y.t., A.J. ekanligi aniqlangan.

A.J.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.