“El libro que no puede esperar” degani “sizni kutib turmaydigan kitob” maʼnosini beradi. bu antiqa kitob muhrlangan paketda sotiladi. Va uni ochib oʻqishingiz bilan sahifalardagi harflar oʻcha boshlaydi. Chunki “El libro que no puede esperar” kitoblaridagi harflar havo va yorugʻlik taʼsirida yoʻq boʻladigan siyoh bilan bosilgan.
Bundan tashqari, harflarning yoʻqolib qolishining toʻliq jarayoni toʻrt oy davom etadi. Ushbu muddat davomida siz ushbu kitobni oʻqib tugatishingiz kerak. Kechiksangiz, kitob yoʻqolib qoladi.
“El libro que no puede esperar” texnologiyasi, shuningdek, ispan tilida yozgan Janubiy Amerikalik unutilib borayotgan yozuvchilarning asarlarini ommalashtirish uchun yaratilgan. Uning “yoʻq boʻlib ketadigan” tabiati bir paytlar mashhur boʻlgan ammo deyarli unutilgan asarlar uchun metaforadir. Ushbu madaniy merosni oʻz xalqiga qaytarish uchun nashriyotchilar an shunday qiziqarli oʻqish usulini oʻylab topdilar.
— Kitoblar juda sabrlidir. Biz ularni qoʻlimizga ochgunimizcha kunlar, oylar, yillar oʻtib ketadi. Bu kitoblar uchun odatiy, biroq izlanayotgan mualliflar uchun odatiy emas. Agar siz yosh ijodkorning debyut asarlarini oʻqimasangiz, uning keyingi asarlariga qanday qiziqish bildirishingiz mumkin, – deydi Eterna Cadencia nashriyotchilari oʻzlarining gʻayrioddiy kitoblari konsepsiyasini izohlab.