O‘qituvchining kasb standartini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ustoz trenerlar tayyorlanmoqda

    Xalq ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va YUNISEF xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘qituvchining kasb standartini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ustoz trenerlar guruhini tayyorlash kurslariga start berildi.

    Treninglar xalqaro ekspert Majena Rafalska, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti professor-o‘qituvchilari, Oriyental universiteti va prezident maktablari xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

    Seminarga hududiy markazlardan 28 nafar professor-o‘qituvchilar jalb etilgan bo‘lib, ular o‘z hududlaridagi o‘qituvchilarga mazkur mavzu bo‘yicha trenerlik qiladilar.

    Bunda kasb standarti asosida pedagogika yo‘nalishidagi OTMlarda kadrlarni tayyorlashda, maktablarda standart asosida kadrlarni saralash, o‘qituvchilarning attestasiyasini standart asosida tashkil etilishini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.