Jumladan, XI-XII asrlar bilan davrlashtirilgan uzunligi 12 metr, kengligi 6.30 m bo'lgan katta xonahoq topildi.
Uning kirish qismidagi yo'lak pishiq g'ishtlar bilan qoplangan. Zalning yon devorlari qalinligi 1,3 m kenglikda ekanligi uning mahobatli inshootligidan dalolat beradi.
Zalning janubiy-g'arbiy burchagida yon devorlar ham pishiq g'isht bilan qoplangan bo'lib, kuchli olov natijasida kuyganligi bu erda yog'ochdan ishlangan peshtoq ham mavjud bo'lganligini ko'rsatadi.
Yong'in natijasida peshtoqdan qulab tushgan yirik yog'och qoldiqlari ham aniqlanib, ularning saqlanib qolganlari sinchiklab o'rganilganda yuza qismlari o'yma naqshlar bilan bezalganligi ma'lum bo'ldi.
Qazish ishlari davomida, shuningdek, o'rta asr qatlamlari ostida ilk o'rta asrlarga oid bo'lgan yana bir yirik inshoot qoldiqlari topildi.
Inshoot Qanqa yodgorligining ilk o'rta asrlarga tegishli ibodatxonaning sharqiy tarafida joylashganligi ushbu yirik qurilish qoldiqlari ibodatxona bilan bevosita bog'liq bo'lishi mumkinligi haqida xulosalar chiqarishga asos beradi.