Mazkur musobaqada o'z iqtidori va salohiyatini sinash maqsadida kelgan 200 nafardan ortiq “aql gimnastikasi” ishqibozlari o'zaro kuch sinashdi. Murosasiz va keskin ruhda o'tgan shaxmat turnirida Elbek Eshimov, Dilmurod Abdujalolov, Hayitbek Holmatov faxrli 1-o'rinni, Durdona Absamatova, Charos Egamberdiyeva, Nurg'azi Tazabekov 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Zafarbek Muhiddinov, Nurlan Jainboyev va Feruz Xolmirzayev esa 3-o'rinni egalladi.

Musobaqa g'oliblari Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Oqqo'rg'on tuman Kengashining diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.  

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

matbuot xizmati