Oʻquv markazi ochish uchun subsidiyaga arizalar qabul qilinmoqda

    Joriy yil 1-yanvardan qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitishni yoʻlga qoʻyish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi.

    Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin boʻlib, buning uchun hech qanday toʻlov talab qilinmaydi.

    Saytning asosiy sahifasida sohalar keltirilgan. Ular orasidan “Ijtimoiy himoya” boʻlimini tanlab, undan “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun subsidiya” xizmatiga oʻtish kerak.

    “Xizmatdan foydalanish” tugmasi orqali esa ariza joʻnatiladi.