Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti matbuot xizmati mutaxassilar tahlillarini eʼlon qildi.
Uy-joy ijarasining oshishiga bir nechta omillar, jumladan, sentyabr oyidan oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha kutilmalar taʼsir koʻrsatdi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joy ijarasiga talabning oshishi boʻyicha kutilmalar ushbu turdagi uylar ijara narxlariga taʼsir koʻrsatdi. 2024-yilning avgust oyida ijara narxlari iyul oyiga nisbatan oʻrtacha taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun 1,3 foizga, 2 xonali uylar uchun 2,1 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,7 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,5 foizga oshdi.
Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 285 AQSH dollari, 2 xonali – 348 AQSH dollari, 3 xonali – 387 AQSH dollari, 4 xonali — 460 AQSH dollari), Olmazor (1 xonali – 301 AQSH dollari, 2 xonali – 359 AQSH dollari, 3 xonali – 414 AQSH dollari, 4 xonali – 471 AQSH dollari) tumanlarida taklif etilgan boʻlsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 350 AQSH dollari, 2 xonali – 445 AQSH dollari, 3 xonali – 550 AQSH dollari, 4 xonali – 736 AQSH dollari) va Yakkasaroy (1 xonali – 349 AQSH dollari, 2 xonali – 455 AQSH dollari, 3 xonali – 585 AQSH dollari, 4 xonali – 603 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi. 2024-yilning avgust oyida toʻliq taʼmirlangan 3 xonali va 4 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxlari iyul oyiga nisbatan pasaygan boʻlsa, 1 xonali va 2 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxlarida oʻsish kuzatildi. Mazkur davrda 3 xonali uy-joylar ijarasi 0,4 foizga, 4 xonali uy-joylar ijarasi 2,0 foizga arzonlashgan boʻlsada, 2 xonali uy-joylar ijarasi oʻrtacha 0,1 foizga, 1 xonali uy-joylar ijarasi 3,4 foizga qimmatlashdi.
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 335 AQSH dollari, 2 xonali – 416 AQSH dollari, 3 xonali – 501 AQSH dollari, 4 xonali – 634 AQSH dollari) va Uchtepa (1 xonali – 377 AQSH dollari, 2 xonali – 437 AQSH dollari, 3 xonali – 563 AQSH dollari, 4 xonali – 669 AQSH dollari) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 456 AQSH dollari, 2 xonali – 688 AQSH dollari, 3 xonali – 1006 AQSH dollari, 4 xonali – 1274 AQSH dollari) va Shayxontohur (1 xonali – 421 AQSH dollari, 2 xonali – 715 AQSH dollari, 3 xonali – 1014 AQSH dollari, 4 xonali – 1279 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.