Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning fevral oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.
Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. 2024-yil fevral oyida poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida yanvar oyiga nisbatan oʻrtacha 0,34 foizga, toʻliq taʼmirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxlarida esa oʻrtacha 0.13 foizga tushish kuzatildi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joy ijarasi. 2024-yil fevral oyida ushbu sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari oʻtgan yanvar oyiga nisbatan oʻrtacha 0.3 foizga pasayib, 394 AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 0,2 foizga arzonlab, oʻrtacha 441 AQSH dollarigacha tushdi. Shuningdek, oʻrtacha taʼmirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari 0.4 foizga pasayib, oʻrtacha narxlar mos ravishda 514 va 594 AQSH dollarini tashkil etdi.
Oʻrtacha taʼmirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 358 AQSH dollari, 2 xonali - 393 AQSH dollari, 3 xonali - 435 AQSH dollari, 4 xonali - 450 AQSH dollari), Olmazor (1 xonali - 357 AQSH dollari, 2 xonali - 415, 3 xonali - 455 AQSH dollari, 4 xonali - 490 AQSH dollari) tumanlarida taklif etilgan boʻlsa, ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Yakkasaroy (1 xonali - 420, 2 xonali - 488, 3 xonali - 657, 4 xonali - 738) va Mirobod (1 xonali - 467, 2 xonali - 520, 3 xonali - 620, 4 xonali - 832 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.
Maʼlumot uchun: 2023-yil noyabr oyidan 2024-yil fevral oyigacha boʻlgan davrda oʻrtacha taʼmirlangan 1 va 2 xonali uylar uchun oʻrtacha ijara narxlari mos ravishda 1,8 foiz (401 dan 394 AQSH dollariga) va 2,4 foizga (452 dan 441 AQSH dollariga) tushgan.
Toʻliq taʼmirlangan uylar ijara narxlari. Fevral oyida toʻliq taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun oʻrtacha ijara narxlari $475 ni tashkil etib, oʻtgan yanvar oyiga nisbatan 0.3 foizga tushgan boʻlsa, 2 xonali uylar uchun ushbu koʻrsatkichlar mos ravishda $651 va 0.6 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxlarida (790 AQSH dollari) ham biroz (0,1 foiz) tushish kuzatildi. Lekin, toʻliq taʼmirlangan 4 xonali uylar oʻrtacha ijara narxlari 0.4 foiz oshib, 919 AQSH dollarigacha koʻtarilgan.
Toʻliq taʼmirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 393, 2 xonali - 462, 3 xonali - 560, 4 xonali - 761 AQSH dollari) va Uchtepa (1 xonali - 401, 2 xonali - 498, 3 xonali - 617, 4 xonali - 850 AQSH dollari) tumanlarida hamda ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Shayxontohur (1 xonali - 555, 2 xonali - 848, 3 xonali - 1057, 4 xonali - 1028 AQSH dollari) va Mirobod (1 xonali - 570, 2 xonali - 861, 3 xonali - 1024, 4 xonali - 1128 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.