Oradan bir yil o'tdi: koronavirusning yangi to'lqini tufayli Italiya yana karantinda

    Italiyaning eng gavjum hududlarida koronavirus pandemiyasining yangi to'lqini boshlangani sababli do'konlar, restoranlar va maktablar 15 martdan yopilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mario Dragi ma'lum qildi.

    Karantin mamlakatning yarmidan ko'pini, shu jumladan Rim va Milan atrofidagi aholi zich joylashgan hududlarni qamrab oladi.

    Katolik Pasxa kunida, ya'ni 3-5 aprel` kunlari ham karantin butun mamlakat bo'ylab amal qiladi. Agar o'ta zarurat bo'lmasa, uydan chiqish taqiqlanadi.

    O'tgan yili Evropada Italiya birinchi bo'lib mamlakatning shimoliy huhudlarida qat'iy karantinni joriy qildi va keyinchalik cheklovlar butun mamlakatga tarqaldi.

    BBC ma'lumotiga ko'ra, Italiyada kasallanish olti haftadan beri o'sib bormoqda va hozirgi kunda kuniga 25 ming nafar odam infektsiyaga chalinmoqda.

    Mamlakatning aksariyat hududlarida “kasalxonalar, ayniqsa intensiv terapiya bo'limlari allaqachon to'lgan”, deya ogohlantirdi GIMBE
    tadqiqot markazi.

    Italiyaning kam kasallangan yagona hududi - Sardiniya orolidir.