— Pnevmoniya bilan kasallangan organizmning tiklanishi oson jarayon emas. Bu oʻpkaning shikastlanish darajasi va intoksikatsiya bilan bogʻliq boʻladi. Pnevmoniyada kislorod va nafas yetishmovchiligi kuzatiladi. Shuning uchun tiklanish jarayoni bir qancha vaqt talab etadi.

Pnevmoniyadan soʻng kuzatilgan noxushlik va kuchli holsizlik temir tanqisligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Temir moddasi yalligʻlanish jarayonlarida organizmda faol qatnashadi. Bundan tashqari, surunkali yurak yetishmovchiligida, buyrak yetishmovchiligi kabi xolatlarda ham kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashish zarur. Bemor holatidan kelib chiqib mos boʻlgan preparatni qabul qilish tavsiya etiladi. 

Doimiy hansirash pnevmoniyadan tashqari doimiy hansirash quyidagi kasalliklarda kuzatilishi mumkin:

Yuqori nafas yoʻllari va oʻpka kasalliklarida;

Yurak kasalliklarida;

Qon kasalliklarida;

Kamharakat hayot tarzi – bunda biroz jismoniy harakatda hansirash paydo boʻlishi mumkin;

OʻRVI yoki boshqa infeksion kasalliklar fonida.

Hansirash jiddiy belgi hisoblanadi, shuning uchun siz tashxisni aniqlashtirish maqsadida shifokorga murojaat qilishingiz zarur!

Oddiy grippga karshi vaksina koronavirus infeksiyasiga taʼsir koʻrsatmaydi.