Markaziy Osiyodagi global darajadagi muammo — Orol dengizi qurishining oqibatlari ekanligi hech birimizga sir emas. Ushbu ekologik muammoni yumshatish maqsadida davlatimiz va halqaro hamjamiyat vakillari tomonidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Prezidentning 2017-yil 19-sentyabrdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbus asosida:

  • Orol boʻyi hududini rivojalantirish maqsadida Trast jamgʻarmasi tashkil etilgan edi;
  • hozirgacha ushbu jamgʻarmaga 13,8 million dollar jalb etilgan boʻlsa, yaqin ikki yilda yana 300 million dollar jalb etiladi.

Ushbu mablagʻlar hududda ichimlik suvi, aholi salomatligi va bandligini taʼminlash, ekologiya, irrigatsiya-melioratsiya tizimlarini yaxshilash loyihalariga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, Orol dengizining qurigan tubida 1 mln. 600 ming gektardan ortiq maydonlarda choʻl oʻsimliklari ekilib, yashil qoplamalar barpo etilmoqda.