Orol dengizining qurigan tubida ekilgan saksovullar kosmosdan ham koʻrina boshladi. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahadov xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, nafaqat chang (qum) boʻron chastotalari, balki kelayotgan nam havo oqimlaridan Orolboʻyi atrofida yogʻin jadalligi boshqa mintaqalarga nisbatan ortgan. Bu nafaqat havo aylanmalari (sirkulyatsiyasi) harakatidagi oʻzgarishlar, balki yer sirtidagi fitomassaning oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlishi xam mumkin.
“Mazkur loyiha respublika boʻylab keng miqyosda davom ettirilishi mintaqa uchun juda ham zarur”, deydi Erkin Abdulahadov.
Maʼlumot uchun, Orol dengizining suvi qurigan hududida 1,7 mln gektar maydonda choʻl oʻsimliklarining urugʻi va koʻchatidan “yashil qoplamalar” barpo etilgan.