Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Maʼlumot uchun, “Orolqum” milliy tabiat bogʻi 2022-yil 4-martda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida tashkil qilingan. Hududda 20 turdan ortiq hayvonot dunyosi vakillari uchraydi, shulardan 4 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Saygʻoqlar butunlay yoʻqolib ketish arafasida turgan juda noyob tur sifatida Oʻzbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxati hamda CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Oʻzbekiston Qozogʻiston bilan saygʻoqlarni saqlab qolish, tiklash va barqaror foydalanish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi hamda saygʻoqlarni saqlab qolish va koʻpaytirish boʻyicha Hukumatlararo bitim imzolagan.
Saygʻoqlarni muhofaza qilish uchun brakonyerlikka qarshi kurashni kuchaytirish, hududiy muhofazasini yaxshilash, chegara toʻsiqlari va neft-gaz sektori, yoʻl-transport infratuzilmasi taʼsirini kamaytirish, transchegaraviy hamkorlik hamda ularni asrab qolishga qaratilgan targʻibot ishlarini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.