Qayd etilishicha, saygʻoq butunlay yoʻqolib ketish arafasida turgan juda noyob tur sifatida Oʻzbekiston Qizil kitobi va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil roʻyxatiga, shuningdek, CITESning II ilovasiga kiritilgan.
Oʻzbekiston ham bu borada Qozogʻiston Respublikasi bilan saygʻoqni saqlab qolish, tiklash va barqaror foydalanish boʻyicha oʻzaro anglashuv Memorandumi hamda saygʻoqlarni saqlab qolish va koʻpaytirish boʻyicha Hukumatlararo bitim imzolangan.
Maʼlumot uchun, Orolqum milliy tabiat bogʻi 2022-yil 4-martda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida tashkil etilgan. Hududda 25 tur hayvonot dunyosi uchraydi va 4 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Orolqumda eng koʻp uchraydigan hayvonlar saygʻoqlardir.








