Jarayon Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi davlat nazorat inspeksiyasi, Toshkent hayvonot bogʻi hamda Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ilmiy xodimlari bilan birgalikda amalga oshirildi.
Mazkur toshbaqalar brakonyerlar tomonidan noqonuniy ovlangan va sogʻligʻini tiklash maqsadida saqlab kelinayotgan edi. Ularning salomatligi tiklangach, yana tabiatga qaytarildi.
Maʼlumot uchun, 15-mart kuni Ekologiya vazirligi, Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar IIB, Milliy gvardiya va shahar Ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan qoʻshma nazorat tadbirida 35 dona choʻl toshbaqasi noqonuniy sotilayotganligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgandi.