Qor qoploni Oʻzbekiston Qizil kitobiga, IUCN va CITES I Qizil roʻyxatiga ilovasiga kiritilgan boʻlib, yoʻqolib ketish arafasida turgan tur maqomiga ega. Shuningdek, qor qoploni katta yirtqich va mushuksimonlar oilasining, asosan, sovuq iqlimda yashaydigan yagona aʼzosi.
Qizigʻi shundaki, qor qoplonlari aql bovar qilmaydigan darajada sakrash qobiliyatiga ega boʻlib, ular 15 metr uzunlikkacha sakrashlari mumkin. Bu oʻz tanasining uzunligidan 6 baravar koʻp.
Maʼlumot uchun, “Yuqori Toʻpalang“ milliy tabiat bogʻi 2022-yil mart oyida Surxondaryo viloyatining Sariyosiyo tumanida tashkil etilgan. Bogʻ Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻirlarida joylashgan boʻlib, dengiz sathidan 930 metrdan 3700 metrgacha boʻlgan hududni oʻz ichiga oladi. Hududda 46 turdagi fauna vakillari yashaydi, ulardan 20 tasi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.








