O‘rtachirchiq tumanidagi "Tuyabo‘g‘iz" suv omborida bo‘lib o‘tgan reyd davomida noqonuniy ov qilish holatlari aniqlandi. Xususan, fuqaro M. N. taqiqlangan ov quroli yordamida 87 ta tovon baliq, 1 ta zog‘ora baliq, 5 ta ilonbosh, 16 ta oqsila (sudak), jami 109 ta baliq ovlagan. Natijada tabiatga 15 million 503 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. M. I. bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 million 300 ming so‘m (noyabr holatiga ko‘ra) miqdorida jarimaga tortildi. Huquqbuzar qilmishi uchun yetkazilgan zarar va belgilangan jarima — jami 18 million 803 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.
Shuningdek, tadbir davomida baliq ovlovchilarga noqonuniy usullar va taqiqlangan qurollar bilan ov qilmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.