Shifokorlar bunday semirishni epidemiya deb baholamoqda. Afsuski dunyoda millionlab odamlar shuning oqibatida salomatlikka jiddiy ziyon keltiradigan xavfga duch kelayotir. Zero, haddan ziyod semirish tanada ko‘p yog‘ to‘planishi oqibatida kelib chiqadigan jiddiy xastalik sanaladi. U bir qator surunkali xastaliklar, jumladan yurak-qon tomir va 2 tipdagi qand kasalligini keltirib chiqarish ehtimoli katta.
O‘tgan asrning 80-yillarida dunyoning ko‘palab mamlakatlarida ortiqcha semirish uch karra ko‘paygan. Undan aziyat chekayotganlar insonlar, xususan bolalar soni ortib bormoqda. Bunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 1,9 milliard kishi bundan aziyat chekmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra 2030-yilga borib dunyo aholisining 60 foizida (3,3 milliard kishi) ortiqcha vazn to‘plash holati uchraydi.
Ortiqcha vazn to‘plash surati oxirgi 30 yilda asosan madaniy va ekologik omillar bilan bog‘liq. Bu muvozanatlashmagan ovqatlanish, jismoniy faollik susayishi, ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoit sabab bo‘lishi mumkin. Yuqori kaloriyali oziq-ovqat va shakar hamda yog‘ga boy o‘ta qayta ishlangan mahsulotlar, kam harakatli turmush tarzi ortiqcha semirishni kuchaytiradi.
Semizlik epidemiyasining oldini olish uchun davlat milliy siyosati darajasida aholi uchun foydali, tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish talab etilmoqda, deb ta’kilab o‘tadi kraszdrav.ru.