Ilgari, ijod ahliga va  kitobxonlikka bunchalik e'tibor qaratilmagan edi. Bunday imkoniyatlar zamirida, kelajak avlodning baxtli, istiqbolli hayoti ham mujasssamdir. Zero kelajak bugundan boshlanadi.

Davlatimiz rahbarining, O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida qabul qilgan qarorlarini eshitib, ko'zlarim quvonch yoshlariga, qalbim esa iftixor va shukronalik tuyg'usiga to'ldi.

 O'sha tun ko'zlarimga uyqu kelmadi... Go'yo, ular yonimizda turib, bu shodligimizga sherik bo'layotganday, ushbu qarorni o'zlari ovoz chiqarib qayta-qayt o'qiyotganday tuyildilar.

Ruhlar hamisha tirik va yaqinlarining yaxshi va yomon kunlarida yonlarida turishadi degan gap be'jizga aytilmagan nazarimda.

Adibning ijodiy me'rosini targ'ib qilish, kitoblarini chop ettirish, ilmiy-amaliy anjumanlar o'tkazish, xotiralarini yod etish borasidagi savobli ishlarning boshida, bosh bo'lib turganlarining o'zi, ijod ahliga ko'rastilayotgan yuksak  ehtirom va e'tiborning yaqqol namunasidir. Davaltimiz rahbariga oilamiz nomidan cheksiz minnatdorchilik bildiraman.  Ularning xalqimiz farovonligi, baxtu-saodati yo'lida olib borayotgan  barcha ezgu ishlariga omad tilayman.

O'lmasxon HOSHIMOVA,

O'tkir HOSHIMOVning rafiqasi