“Osiyo bolalari-2022”da munosib ishtirok etgan hamyurtlarimiz tantanali kutib olindi

    Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida 13 kun davom etgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport oʻyinlari yakunlandi.

    Mamlakatimizning 174 nafar sportchisi VII “Osiyo bolalari” oʻyinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilidi.

    Sportchilarimiz musobaqada 41 ta oltin, 28 ta kumush va 45 ta bronza, jami 114 ta medal jamgʻardi!

    8-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi tantanali kutib olindi.

    Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avazjon Karimov, vazir oʻrinbosari Murod Ismoilov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Saken Polatov, sportchilarning ota-onalari va OAV xodimlari ishtirok etdi.