“Worldskills Uzbekistan-2023” chempionati oʻtkazilmoqda

    Chempionatning barcha ishtirokchilari kasbiy bilim va koʻnikmalar toʻgʻrisidagi sertifikatlar – SkillsPasportlar oladi va eng mahoratlilari oltin medal bilan taqdirlanadi.

    “Ishga marhamat” monomarkazida Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi (WorldSkills Uzbekistan) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligi hamda BMTning Taraqqiyot Dasturi homiyligi asosida tashkil etilgan ishchi kasblar boʻyicha “WorldSkills Uzbekistan-2023” chempionati boshlandi.

    5 kun davom etadigan musobaqada 17-21 yoshda boʻlgan ishtirokchilar WorldSkillsʻning 4 ta yoʻnalishi – Goʻzallik terapeyasi, Modalar texnologiyasi, Oshpazlik texnologiyasi, Sartaroshlik sanʼati, boʻyicha oʻz mahoratini namoyish etadi.

    Chempionatning barcha ishtirokchilari kasbiy bilim va koʻnikmalar toʻgʻrisidagi sertifikatlar – SkillsPasportlar oladi va eng mahoratlilari oltin medal bilan taqdirlanadi.