OFK  qurʼa tashlash oldidan FIFAning soʻnggi reytingi asosida jamoalarning qaysi savatchadan joy olganini maʼlum qildi.

Unga koʻra, Qatar, Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni  birinchi savatchadan, Iroq, BAA, Ummon, Xitoy, Iordaniya va Oʻzbekiston   ikkinchi savatchadan, Bahrayn, Suriya, Falastin, Vetnam, Qirgʻiziston, Livan uchinchi savatchadan, Hindiston, Tojikiston, Tailand, Malayziya, Gonkong va Indoneziya toʻrtinchi savatchadan  joy oldi.

Taʼkidlash joizki, musobaqa  2024 yilning yanvar oyida Qatarda boʻlib oʻtadi.