Mazkur musobaqaning ilk kunida 3 nafar taekvondochimiz sovrindor boʼlishdi.
53 kg vazn toifasida Charos Qayumova yarim finalga qadar yetib bordi va bronza medalini qoʼlga kiritdi.
62 kg vazn toifada Feruza Sodiqova yarim finalda eronlik Seyedex Nargisga 5:6 hisobda magʼlub boʼldi va bronza medali bilan kifoyalandi.
Xuddi shu vazn toifasidagi ikkinchi taekvondochimiz Ozoda Sobirjonova Ozoda yarim finalda eronlik raqibi Kosar Аsasexga 22:24 hisobda imkoniyatni boy berib qoʼydi va bronza medaliga ega chiqdi.
Musobaqa bugun ham davom etadi.