Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 18 May 2022 1124

    Joriy yil 17-mayda Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati DXSH departamenti direktori janob Takeo Koike boshchiligidagi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 100 ta maktabgacha taʼlim muassasasini qurish loyihasini amalga oshirishni muhokama qildilar. Xususan, loyihani amalga oshirishning maqbul mexanizmlari hamda moliyalashtirish masalalari haqida soʻz yuritildi.

    Shu bilan birga, xorijiy tomon Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirildi.

    Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar loyihani amalga oshirishga samarali tayyorgarlik koʻrish uchun maqbul yechimlarni izlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati.