Innovatsion rivojlanish vazirligining Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Bunyod Raxmatullayev Tailand Qirolligining Bangkok shahrida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar qo'mitasining to'rtinchi sessiyasida ishtirok etdi.

Sessiya BMTning Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi inklyuziv hukumatlararo platformasi hisoblanadigan Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan tashkil etildi. Mazkur sessiya doirasida 53 ta komissiya a'zo davlati va 9 ta assotsiativ a'zosi o'rtasida barqaror rivojlanish muammolarini hal qilish yo'lida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Sessiya yakunida Osiyo-Tinch okeani axborot supermagistral tashabbusining “Barcha uchun aloqa" ("Connectivity for all”) ishchi guruhi hamraisligiga O'zbekiston nomzodi tavsiya etildi.