Ota-ona mehridan mahrum boʻlgan va nogironligi bor bolalar uchun yangi uy modeli yaratildi

    Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallada ota-ona mehridan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan yangi turdagi kichik bolalar uyi ishga tushirildi.

    Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, shu yilning oxirida, ota-onasining gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasaning yangi modeli — kichik hajmdagi bolalar uyi yaratildi.

    Bu jarayonda mutaxassislarning tavsiyalari va ilgʻor tajribalarni inobatga olgan holda, bolalar uchun oila muhitiga yaqin shart-sharoitlar yaratishga harakat qilindi. Bu esa ularga yanada uyning nafasini va mehr shukuhini his qilish imkoniyatini beradi.

    Hozirda bu yerda 7 nafar bola yashamoqda, ularga tajribali mutaxassislar tomonidan mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatilmoqda. Ularning yarmidan koʻprogʻi nogironligi bor bolalardir.

    «Ishonamanki, bu tajriba, ota-ona mehridan mahrum boʻlib, farzandlikka olinmagan barcha bolalar uchun ham shu kabi sharoitlar yaratishning asosini belgilab beradi», — Shahnoza Mirziyoyeva.