Ota-ona voyaga yetmagan qizini kaltaklagan: hodisa bo'yicha rasmiy munosabat bildirildi

    Qizning otasi ruhiy kasalliklar dispanseriga tekshirish uchun yuborilgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga etmagan qizning ota-onasi tomonidan kaltaklangani aks etgan videolavha tarqaldi. Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

    Ma'lum bo'lishicha, joriy yilning 16-aprel kuni taxminan soat 11:30 larda Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Qorabayir” mahallasida yashovchi 2009-y.t. X.G. onasi 1982-y.t. M.M. hamda otasi 1978-y.t. T.R. tomonidan kaltaklangan.

    Mazkur holat voyaga yetmagan qizning amakisi tomonidan videotasvirga olinib, Ichki ishlar organlariga xabar berilgan.

    Hozirda voqea ishtirokchilarining barchasi aniqlanib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Voyaga yetmagan qizning otasi T.R. ruhiy kasalliklar dispanseriga tekshirish uchun yuborilgan.

    Jabrlanuvchi X.G.ga nisbatan etkazilgan tan jaroxatlarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.