Shimol va choʻl hududlarining ayrim joylarida shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi havo harorati 28-33o ni tashkil etadi.

Ish haftasi davomida Qozogʻiston hududlaridan Oʻzbekistonga nisbatan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga harorat biroz pasayadi. Respublika boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 4-may kuni respublikaning shimoliy hududlari boʻyicha biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Seshanba va chorshanba kunlari shimolda va choʻl hududlarda, payshanba va juma kunlari esa respublika boʻyicha shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda va choʻl hududlarda 4 va 5-may kunlari 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hafta davomida harorat barqaror boʻlishi kutilmoqda. Kunduzi harorat 25-30o atrofida boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.