24-iyul kuni YUNISEF orqali sotib olingan 20ta kislorod konsentratorlari Oʻzbekistonga keltirildi. Bundan tashqari, Shveysariya kompaniyasi bilan 19,5 million dollarga tuzilgan ikkita shartnoma doirasida, birinchi 100ta oʻpka sunʼiy ventilyatsiyasi apparati 17-iyul kuni Toshkentga yetkazib berildi. Kelgusi haftalarda yana 700ta shunday apparat keltiriladi.

Eslatib oʻtamiz, 1,56 million AQSh dollari miqdorida OTB tomonidan moliyalashtirilgan COVID-19 sinovlari uchun laboratoriya jihozlarining avvalgi toʻplami 29-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya va epidemiologiya osoyishtaligi agentligiga topshirilgan edi.

— Ushbu uskuna dahshatli kasallikdan aziyat chekkan insonlarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi, — dedi OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini. — Bu yerdagi vaziyat hali ham qiyin. Biz mamlakatni hayotiy zarur uskunalar bilan taʼminlash uchun astoydil harakat qilamiz va ushbu ogʻir damlarda Oʻzbekiston xalqini qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz.

Avvalroq OTB va Oʻzbekiston hukumati koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun 500 million dollar miqdorida kredit taqdim etish toʻgʻrisida bitim imzolagan edi.