баннер
10 Apr 2025
01:44

    Oʻtgan yilda fuqarolarga 1 trln soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan — Davlat soliq qoʻmitasi

    2024-yilda qaysi hududlardagi isteʼmolchilar eng koʻp keshbekka ega boʻlgani ochiqlandi.

    Qayd etilishicha, oʻtgan yilda (4-fevral holatiga) isteʼmolchilarga 1 mlrd chek uchun 1 trilliondan soʻm ortiq keshbek toʻlangan. Shundan 89,2 mlrd soʻmi dekabr oyi uchun berilgan.

    Toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga toʻgʻri kelmoqda:

    — Toshkent sh. — 412,2 mlrd soʻm;
    — Toshkent viloyati — 107,1 mlrd soʻm;
    — Samarqand viloyati — 93,2 mlrd soʻm;
    — Fargʻona viloyati — 75,6 mlrd soʻm;
    — Andijon viloyati — 52 mlrd soʻm.

    Eslatib oʻtamiz, keshbek olish uchun FACE IDdan oʻtish lozim.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech