O‘zbek adabiyotining zabardast vakili Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kaunlar” romani Germaniyada nemis tilida chop etilgani biz uchun g‘oyat quvonarli.
Bu haqda xabar bergan “Amerika ovozi”ning aytishicha, kitobga “Toshkentlik oshiqlar” (“Die liebenden von Tashkent”) deb nom berilgan.
Shoir va tarjimon A'zam Obidning so‘zlariga ko‘ra, nemis tilidagi mazkur nashr bundan 50 yillar avval rus tilidan qilingan tarjima asosida tayyorlangan.